Sariqlik 50% vaqtiga yetib tug'ilgan chaqaloqlarda va 80% dan ko'proq vaqtiga yetmay tug'ilgan chaqaloqlarda kuzatiladi. Ko'p hollarda bu fiziologik sariqlik bo'lib, alohida davo talab qilmaydi. Patologik xarakaterli sariqlikka gumon qilinganda, qondagi bog'langan va bog'lanmagan bilirubinni tekshirish talab qilinadi
So‘nggi maqolalar
Barcha maqolalar
Bolalarda yassi panjalik (yassi oyoqlik) tayanch-harakat sistemasidagi o‘zgarishlar ichida ko‘p uchraydigani hisoblanadi. Kasallik asosida panjaning ko‘ndalang va bo‘ylama gumbazlarini alohida-alohida bir vaqtning o‘zida yassilanishi yotadi. Agar panjaning bo‘ylama gumbazi pasaysa, yassi panjalik vujudga keladi. U ko‘pincha panja oldingi qismining uzoqlashishi bilan birga kechadi, yoki panja butunlay tashqariga og‘adi. Bu hollarda deformatsiya yassi valgus panja deb ataladi. Umuman boldir-panja sohasi orqa yuzasi o‘rtasidan o‘tkazilgan vertikal chiziq tashqariga 6 gradusgacha og‘sa, bu me’yor hisoblanadi, ichkariga og‘ish normada kuzatilmasligi kerak.




Virus yuqqаn shаxsning аxvоli uzоq muddаt ichidа mе’yoridа (nоrmаl) hоlаtdа bo‘lishi mumkin. Chunki, virus оrgаnizmgа kirgаch hujаyrаgа yopishib оlib, аstа-sеkin hujаyrа ichigа, аsоsаn yadrо аppаrаtigа jоylаshib оlаdi vа mа’lum dаvrgаchа tinch hоlаtdа sаqlаnаdi. Kаsаllik o‘tkir hоlаtdа rivоjlаnаdigаn bo‘lsа virusning inkubаtsiya (kаsаlik bеlgisi nоmоyon bulgungаchа) dаvri 6-18 оy bo‘lishi mumkin.

Бачадон миомасининг келиб чиқиш сабаблари ва ривожланиши юзасидан жуда кўп олимларнинг фикр-мулоҳазалари бўлиб, улар ҳар хилдир, лекин ягона якуний хулосага келинмаган. Бу масалада бутун дунё олимлари тадқиқот ишларини олиб бормоқдалар.
Yallig‘lanishning bu turi patogen omillar ta’siriga javoban darhol va erta muddatlarda boshlanadigan yallig‘lanish reaksiyasidir. Etiologiyasi va patogenezi. O‘tkir yallig‘lanishga olib boradigan sabablar juda har xil. Ular kelib chiqishi jihatidan ekzogen va endogen bo‘lishi mumkin. Yallig‘lanishning ekzogen omillariga quyidagilar kiradi: 1) fizik omillar (nur va elektr energiyasi, yuqori va past harorat, har xil shikastlar, ya’ni travmalar), 2) kimyoviy omillar (kislotalar, ishqorlar, dori preparatlari, skipidar va kroton moyi bular qatorida alohida o‘rinda turadi), 3) biologik omillar — mikroblar (stafilokokklar, streptokokklar, pnevmokokklar, ichak tayoqchasi va boshqalar), viruslar. Yallig‘lanishga sabab bo‘lgan kimyoviy moddalar endogen yo‘l bilan ham yuzaga kelishi mumkin. Chunonchi, uremiya mahalida, o‘t yo‘llari tikilib qolgan paytlarda, nekrozga uchragan va qon quyilgan joylarda shunday moddalar yuzaga keladi. Ular o‘zi qaysi joyga ajralib chiqadigan bo‘lsa, o‘sha joyni yallig‘lantiradi. Masalan, uremik toksin fibrinoz enterokolit, fibrinoz perikarditga sabab bo‘ladi.


Hozirgi vaqtda sanoat, qishloq xo‘jaligi, uy sharoitida fosfororganik birikmalar bilan zaharlanish ko‘p tarqalgan. Bu modda asab tizimiga ta’sir qiladi, ya’ni holsizlik, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, toqatsizlik, nafas olishning buzilishi (bu holat nafas muskullarining bo‘shashishi bilan bog‘liq), qorinda og‘riq va ich ketishi kuzatiladi.
Anafilaktik shok allergik reaksiyalar to‘plami hisoblanib, juda og‘ir darajada kechadi. Anafilaktik shokning doimiy belgilaridan bo‘lib, o‘tkir tomir yetishmovchiligi, qon bosimining keskin tushishi bilan, yuzning oqarishi yoki giperemiyasi, sianoz, kuchli terlash, puls ipsimonligi hisoblanadi.


- Tana haroratining birdan ko'tarilishi;
- Sovqatish;
- Tananing sim-sim o'grishi;
- Bosh og'rishi;
- Ko'z qizarib ketish hollari mavjud, chiroqqa qarash qiyin;
- Tomoq qizarishi, yo'tal, burun bitishi kam kuzatiladi.


Haroratning ko`tarilish davrida issiqliq hosil qilish issiqlik yo`qotishdan ustunlik qiladi. Bu davr bir necha soat, bir necha kun, hatto haftalargacha davom etishi mumkin. Bemor haroratining tez ko`tarilishini ancha og`ir o`tkazadi: qaltirab, eti uvishadi, a'zoyi badani og`rib, qaqshaydi. Uni isitish, issiq qilib o`rab chirmash, isitgich qo`yish, issiq ichimliklar (choy, kofe ) ichirish kerak.

Mikroblar va ular ajratadigan mahsulotlar (mikrob pirogenlar), bir tomondan issiqlikni boshqaradigan nerv markazlariga ta'sir ko`rsatib, ularning qo`zg`alishiga sabab bo`lsa, ikkinchi tomondan oq qon tanachalarini (netrofillarni) ta'sirlantiradi, ular bunga javoban o`z pirogenlarini ishlab chiqarib, qonga ajratadi. Bu pirogenlar infeksiyaga qarshi faol kurashadi.
